Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari o‘z bilim va malaka mahoratlarini doimiy yangilab borish bilan birga, ta’limni yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borishga asosiy e’tiborini qaratmoqda.

“UMUMTAʼLIM MAKTABLARI TAʼLIM JARAYONIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrugʻi 2-ilovasi “2026-yilda respublika miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida 2026-yil 25-noyabr kuni “Umumtaʼlim maktablari taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Anjumanda soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi pedagog-xodimlari ishtirok etishi mumkin. Anjuman materiallari elektron to‘plam shaklida nashr etiladi va anjumanning barcha ishtirokchilariga sertifikat taqdim etiladi.