Bugungi jadal rivojlanayotgan davrda ta’lim sifatini tubdan oshirish, pedagogik kadrlar salohiyatini zamon talablariga moslashtirish eng muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadga qaratilgan amaliy qadamlar Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Bugun Prezident maktabi o‘qituvchisi, Pedagogik mahorat markazining xorijiy maslahatchisi Bernardo Melchor direktor o‘rinbosari Dilmurod Safarov hamda Fanlarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Abdurayim Pulotov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy va ishchi ruhda o‘tgan muloqot davomida Fanlarni rivojlantirish bo‘limi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, kelgusidagi istiqbolli rejalar, o‘quv jarayoniga xorijiy ilg‘or tajribalarni keng joriy etish yo‘llari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.


