DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis

FIOShadiev Bexzod Mirsalimovich
LavozimiBosh mutaxassis
Ilmiy darajasi-
Ilmiy unvoni-
Telefon raqami:+998 93 319 11 22
E-mail

Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi

Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, hududiy markaz buyruqlari, Markaz kengashi qarorlari, hududiy markazning nizomi, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ishlarni samarali tashkil etish;
Hududiy markaz rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlash;
Hududiy markaz xodimlarini belgilangan muddatdan kechikmasdan Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib borish;
Xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilishni Mehnat kodeksiga asosan amalga oshirish;
Xodimlarga funksional majburiyatlarni tushuntirish, hududiy markazning ichki mehnat tartib qoidalari bilan tanishtirish;
Hududiy markazning pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish bilan bog‘lik moddiy javobgarlik haqida tanishtirish;
Ishga qabul qilingan har bir xodimni mehnat daftarchalarini qayd qilib borish;
Belgilangan tartibda hududiy markaz professor-o‘qituvchilarining safarga yuborish va safar natijalarini nazorat qilish;
Hududiy markaz xodimlarining shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlarini o‘z vaqtida yuritilishini ta’minlash;
O‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tartibli yuritilishi va saqlanishini nazorat qilish, kompyuter jihozlarni yaxshi saqlanishi, maqsadli va nuqsonsiz ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rish;
Xodimlarni mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etishlarini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilab, ishga o‘z vaqtida kelib-ketishini nazorat qilish va bu haqida kechiktirmasdan rahbariyatga yozma axborot berish;
Ichki mehnat tartibi qoidalarining, jamoa va mehnat shartnomalarning talablari va shartlari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qilish, shuningdek xodimlar tomonidan mehnat intizomi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish.
Rahbariyat ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Ushbu lavozim yo‘riqnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritilishi mumkin.