“Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi” kafedrasi 2001-yilda tashkil topgan. Kаfеdrа mudiri lavozimida Pulatov Jaxongir Nazirovich faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada 5 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. Shulardan 3 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar o‘qituvchi bo‘lib, ilmiy salohiyat 60 %ni tashkil etadi.
Kаfеdrаning ilmiy-tadqiqot mavzusi: “Ijtimоiy fаnlаrni o‘qitishdа ilg‘оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnishning mеtоdоlоgik аsоslаri”.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibi:
ILMIY-METODIK ISHLAR
Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Musiqa, Texnologiya, Tasviriy san’at fani o‘qituvchilari uchun o‘quv ishchi reja va dastur, o‘quv metodik majmua, ma’ruza matnlari tayyorlandi. Tarbiya fani kurs tinglovchilari ishtirokida “Tarbiya fanining hayot bilan aloqadorligi, ularning mazmun mohiyati” mavzusida hamda Tarix kursi tinglovchilari bilan “Yangi O‘zbekiston tarixini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida ochiq darslar tashkil etildi. Tarbiya, Tarix, Davlat va huquq asoslari fanlari o‘qituvchilari uchun dars ishlanmalar va metodik ko‘rsatmalar tayyorlandi. Iqtisodiy bilim asoslari fanidan “Iqtisod darslarida masala va mashqlar yechish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi tayyorlandi.
ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
OAK e’tirof etgan jurnallarda – 30 ta maqola, Xalqaro miqyosidagi jurnallar va konferensiyalarda – 250 ta maqola, Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya va tezislarda 100 ga yaqin maqola chop etildi.
Kafedra mudiri J.Pulatov tomonidan OAK tasarrufidagi Imom Buxoriy saboqlari jurnalinng 4 –soniga “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini amalga oshirish mexanizmlari nomli ilmiy maqola, pedagogika markazda 26-may kuni o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada “Inson barqaror taraqqiyotining muhim omillari va ularning ahamiyati” mavzusida, “O‘zbekistonda barqaror rivojlanishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati” mavzusida Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida 2023-yilning 23-iyun kuni “Amaliy va ijtimoiy fanlarning boshqa fanlar bilan integratsiyasi: dolzarb muammolar, yangi yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar” nomli Respublika Ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdi.
Kafedra dotsenti D.Karimova OAK tasarrufidagi “Falsafa va hayot” xalqaro jurnalida “Yoshlar madaniy qiyofasini yuksaltirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash istiqbollari” mavzusida, UzMU XABARLARI jurnalida “Mas’uliyat – yoshlar madaniy qiyofasini shakllantiruvchi umuminsoniy qadriyat sifatida” ilmiy maqola, hududiy markazda aprel oyida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyada “Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda oilaning o‘rni” mavzusida, “Tarbiya fanini o‘qitishda sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish” mavzusida aprel oyida Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “ijtimoiy fanlarni o‘qitishda kompetensiyalar va qadriyatlarning ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasida, “Oilada farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni” mavzusidagi 15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan Respublika Oila ilmiy tadqiqot markazida “Oila institutini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada maqolasi chop etildi.
Kafedra dotsenti F.Fayziyeva “O‘zMU XABARLARI” jurnalida “Xorijdagi o‘zbeklarning jahon ilm-fani rivojidagi ishtiroki” mavzusida, Xorazm Ma’mun akademiysida “Buхоrо amirligidagi rus shahar manzilgоhlarining tasnifi: tariхiy tahlil” nomli ilmiy maqolalar, xorijiy Ethiopian international journal of multidisciplinary research jurnalida “Participation of uzbeks abroad in the development of the world agricultural sector” mavzusida maqolasi chop etildi.
Kafedra katta o‘qituvchisi I.Aripovning «O‘quvchilarini kasbiy diagnostika qilish orqali kasbni to‘g‘ri va ongli tanlash kompetentligini shakllantirish» ( 9-sinflar uchun) mavzusida o‘quv qo‘llanma, “Texnologiya faninida o‘quvchilarda texnik ijodkorlikni shakllantirishda mexatronika va robotexnika” mavzusida uslubiy tavsiyasi chop etildi. Pedagogika markazda 2023-yil 28-fevralda tashkil qilingan “Texnologiya fanidan o‘quvchilarda kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyada maqola, Toshkent shahar pedagogika markazda “Texnologiya darslarida kompetensiyalarni shakllantirishda fanlararo bog`lanishlardan foydalanish” mavzusida 2023-yil 28-aprelda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda maqolasi chop etilgan.
MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR
2023- yil 31-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi «Oʻzbekiston-2030 strategiyasi» toʻgʻrisidagi 158-sonli farmonining mazmun-mohiyatini oʻrganish boʻyicha Navoiy viloyati pedagogika markazida Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan davra suhbati tashkil etildi. 2022 –yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi PF-60-sonli farmonni mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha hududiy markaz professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. 21- mart qadimiy va azaliy an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami munosabati bilan “Hech kim mehr, e’tibor va nazoratdan chetda qolmasin” shiori ostida yakka yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularning ko‘ngliga haqiqiy bayram kayfiyati ulashildi.
Ushbu yilda biz buyuk bobomiz Amir Temur tavalludiga bag`ishlangan “Amir Temur – milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz siymosi” mavzusida Tarix kurs tinglovchilari ishtirokida o‘tkazilgan adabiy – badiiy kechada Amir Temur hayoti o‘zida aks etgan sahna ko‘rinishilari, bobomiz o‘gitlari, Sohibqiron hayotini aks ettiradigan she’rlar tinglovchilarda chuqur taassurot qoldirdi.