DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

XALQARO HAMKORLIK

Xalqaro hamkorlik

Pedagogika markaziga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirish” “Zo‘r” (Klass) loyihasi doirasida Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari va Pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahalliy o‘qituvchilar kasbiy ehtiyojini o‘rganish hamda ularning rus tilini bilish darajasi bo‘yicha:

  1. Rossiya Federatsiyasi Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti metodisti Nikitina Yevgeniya Alekseyevna tomonidan Rus tili fani tinglovchilari ishtirokida «Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida rus tili fani oʻqituvchilarining kasbiy malakalarini uzluksiz rivojlantirish» mavzusida seminar-trening va mahorat darslari joriy yilning 20-24-iyun kunlari tashkil etildi.

Xorijiy ekspert  mahorat darslari davomida  pedagogika va tillarni o`qitish ta`limida mavjud yangi tendensiyalar, zamonaviy ta`lim trendlari, o`z ish tajribasiga to`xtalib, soha rivojiga oid taklif va tavsiyalar berdi.

Seminar-trening va mahorat darslarida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi:

♦rus tili o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlari uchun didaktik materiallari takomillashtirildi;

♦rus tili o‘qituvchilari uchun uslubiy materiallar (amaliy mashg‘ulotlar, uslubiy topshiriqlar to‘plami, ma’lumotnomalar, o‘quv ko‘rgazmali ishlanmalar va boshqalar) ishlab chiqildi;

♦maktab o‘quvchilarini rus tili fanidan olimpiadalariga jalb qilish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish metodikalari o‘rganildi.

Ushbu seminarlar orqali umumta’lim maktablarining rus tili fani o’qituvchilari dars jarayonida darsliklar bilan ishlash, o’quvchilarning til bilish darajasini oshirish kabi qator qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Hafta davomida o’rganilgan yangi metodlar va tajribalarni amaliyotda namoyon etdilar.

  1. Joriy yilning 13-18-noyabr kunlari A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Komarov Boris Alekseyvich tomonidan fizika fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan seminar-trening va mahorat darslari tashkil qilindi.

Hafta davomida tashkil qilingan seminar-trening va mahorat darslarida:

♦ fizika fani o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlari uchun didaktik materiallarini takomillashtirish metodikasi o‘rganildi;

♦ fizika fani o‘qituvchilari uchun uslubiy materiallar (uslubiy ko‘rsatmalar, uslubiy qo‘llanmalar, amaliy mashg‘ulotlar, uslubiy topshiriqlar to‘plami, ma’lumotnomalar, o‘quv ko‘rgazmali ishlanmalar va boshqalar) ishlab chiqish metodikasi o‘rgatildi;

♦ maktab o‘quvchilarini fizika fanidan olimpiadalariga jalb qilish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish yo‘llari o‘rganildi.

Ushbu seminar-treninglar va mahorat darslaridan ko’zlangan maqsad umumta’lim maktablari fizika fani o’qituvchilarida yangi darsliklar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish hisoblanib, tinglovchilar darsliklar bilan ishlash jarayonidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

  1. “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassisi (metodisti) Oganov Gorold Igorvich joriy yilning 14-sentyabridan 20-dekabrgacna faoliyat olib boradi.

2023-yil sentiyabr-noyabr oyilarida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasida “Rus tili fani o‘qituvchilari” yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta rus tili fani malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Kafedrada “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti  metodisti Oganov Gorold Igorevich va Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent R.M. Usmanova hamkorligida rus tili fani guruhi o’qituvchilari bilan ishlash natijalariga ko’ra, o’qituvchilarning kamchiliklari va ehtiyojlari aniqlandi.

Shunga asosan, quyidagi mavzularida umumta’lim maktablari rus tili o‘qituvchilari bilan seminarlar va master klasslar tashkil qilindi:

“Rus tili xorijiy тил sifatida fani milliy o’quv dasturi va rus tili xorijiy тил sifatida  fani Rossiya davlat standarti”,

“Rus tilining xorijiy тил sifatida  fani metodologiyasi, kommunikativ yondashuv”,

“Zamonaviy darsliklar va o’quv qo’llanmalari va ularni tahlil qilish”

“Kommunikativ yondashuvga muvofiq o’quv materiallarini tanlash”,

“O‘quvchilarning rus tilini bilish darajasini hisobga olgan holda o’quv materiallarini moslashtirish texnologiyasi”,

“Dars uchun mualliflik materiallarini ishlab chiqish”.

Navoiy shahar 11-son umumtalim maktabi rus tili fani o`qituvchilari uchun «Глаголы движения и их презентация на уроках РКИ» mavzusida master klass tashkil etildi.

Rus tili fani o‘qituvchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, «Rus grammatikasining qiyin holatlari va ularning rus tili chet tili sifatida fani darslarida taqdimoti» mavzusida bir qator mahorat darslari o’tkazilib kelinmoqda.

Metodist Oganov Gorold Igorevich va Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent R.M. Usmanova  hamkorligida Rus tili fani o‘qituvchilari uchun 36 soatga mo‘ljallangan “Рабочая учебная программа по русскому языку (для курсов непрерывного профессионального развития педагогических работников государственных образовательных учреждений по предмету Русский язык в школах с узбекским и другими языками обучения)” ishchi dastur tayyorlangan.

O‘quv, ilmiy va amaliy faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha doimiy o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha Rossiyaning Kuzbass mintaqaviy kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti, Qozog‘iston pedagogika fanlar akademiyasi, Mongoliyaning “Bilim” jamiyati, Belorussiyaning kasbiy ta’lim instituti, Chelyanbinskning kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti, Donyensk xalq respublikasining kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti hamda Navoiy viloyati pedagogika markazi hamkorligida “Касб-ҳунар таълими ва ёшларни иш билан таъминлаш: ХХI аср. Ўқитувчи ва мураббий йили: ўтмишни сақлаш, келажакни яратиш.” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Pedagogika markazining hamkorlik aloqalari 2022-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirish” loyihasi doirasida Rus tilida o‘qitishning sifatini oshirishga qaratilgan “Zo‘r” (Klass) loyihasi doirasida Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari va Pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahalliy o‘qituvchilar ucnun metodik kunlari Mahorat darslari o‘tkazildi.

Rossiyaning Kuzbass mintaqaviy kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik shartnomasi asosida Pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari uchun “Moderatsion va fasilitatsion texnologiyalardan samarali foydalanish” mavzusidagi qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kurslari va vebinar seminar-treninglar tashkil etildi.

2022-o‘quv yili oktyabr-noyabr oylarida “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiya-lari” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlar nomzodi Shomiyev G‘olib O‘ktamovich Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas shtatining Pitssburg davlat universitetida “Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim muammolari” yo‘nalishida malaka oshirib keldi.

Navoiy viloyati pedagogika markazida Finlyandiyaning Xelsinki universiteti HY+ trening markazi vakillari Petri Lounaskorpi, Hanne Kole ishtirokida “Taʼlimdagi o‘qitish metodikalari bo‘yicha Finlyandiya tajribasi” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.