“Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi 1998-yilda tashkil topgan. Kafedraga professor Safarov Dilmurod Xalimovich rahbarlik qilmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar fan nomzodi, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafеdra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 83,4 foizni tashkil etadi.
I. O‘QUV ISHLARI
2023-o‘quv yili davomoda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan malaka oshirish ta’limini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, ta’lim-tarbiyaning yangi sifat bosqichiga ko‘tarish yuzasidan ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.
Kafedra mudiri Safarov Dilmurod Xalimovichning Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil 30-noyabrdagi rayosatida ”Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosligidan professorlik unvoni dasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘iga asosan ”Psixologik ta’limotlar tarixi” nomli darslik nashr etildi
“Maktab direktorlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirishning psixologik xususiyatlari” mavzusini psixologiya fanlar doktor (DSc) ilmiy darajasini olish uchun Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashiga tasdiqlash uchun yuborildi. Ushbu mavzu yuzasidan OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarga 12 ta xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etildi.
Kafedra katta o‘qituvchisi Do‘sanov Elbek Absamatovichning 2023 – yil o‘quv yili uchun Ma’ruza matnlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi, o‘quv-reja dasturi va ishchi dastur ishlab chiqildi. Testlar to‘plami, tayyorlandi. Yangi adabiyotlar obzori tuzildi. Masofaviy shakildagi kurslar o‘quv materiali ishlab chiqildi. Markazda tashkil etilga O‘IBDO‘,MMIBDO‘, biologiya, amaliytchi psixologlar, tarix, geografiya, maematika, ona-tili, ximya va boshqa kurslarga darslar tashkil etildi.
Kafеdra professor-o‘qituvchilari tarkibi :
1. Astanaqulov Kamoliddin – pedagogika f.f.d. (PhD)
2. Ro‘ziqulov Faxriddin – psixologiya f.n, professor.
3. Shomiyev G‘olib -iqtisod f.n., dotsent.
4. Qorayeva Zarif – katta o‘qituvchi.
5. Safarov Dilmurod – kafеdra mudiri.
6. Do‘sanov Elbek – psixologiya f.f.d. (PhD)
II. ILMIY- METODIK ISHLAR
Tinglovchilar uchun elektron ma’lumotlar papkasini tayyorlandi Prezentasiya tayyorlandi “Xotira va diqqatni rivojlantirish” “Miya faoliyatini yaxshilash”, “Xotirani rivojlantirish” “Idrok faoliyatini oshirish”, “Darslarda xotirani charxlash” mavzularida mashqlar namoyishi bo‘yicha videodarslar tayyorlanib Hududiy Markazning telegram sahifasiga foydalanish uchun uchun ko‘rgаzmаli mаtеriаllаr tаyyorlаdim. Tаyyorlаngаn hujjаtlаr, kаfеdrаning 4.01.2014 – yilgi 1 – majlisida o‘rganib chiqildi va institutning 1 – sonli ilmiy kengashida tаsdiqlаndi, hamda 2023 markaz ilmiy-metodik kengashida Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmam tasdiqlandi hamda chop etildi.
III . ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
“Mahallada o‘smirlarni virtual olam tasiridan himoyalashning ijtimoiy psixologik mexanizmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishini Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishida mofaqiyatli himoya qildi. 2023 yilda tashkil etiladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga bir qancha maqolalar chop etildi jumladan 2023 yilda International multidisciplinary Journal for research & developmen – jurnali tahrir hay’ati a’zosi buldim. Bundan tashqari “Vestnik integrativnoy psixologii” nufuzli xalqaro jurnaliga “Зарубежный опыт защиты подростковот воздействия виртуального мира” hamda Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida 2023 yil 27 oktyabrdagi tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga “O‘smirlar xulqida paydo bo‘ladigan psixologik muammolar”, va «O‘zbekistonda ta’lim» jurnalining 2023 yil dekabrdagi 33-sonida “ Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilar o‘yin texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi maqolasi chop etildi.
IV . TASHKILIY-METODIK ISHLAR
O‘zaro darslar kuzatildi. Ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rildi. Tinglovchilarning kasbiy ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha maslahat va tavsiyalar berildi. O‘IBDO‘,MMIBDO, amaliytchi psixologlar uchun “Mahorat darslari” hamda seminar treninglar tashkil qilindi.Tinglovchilarning kursdan keyingi faoliyati samaradorligi darajasi o’rganildi.
V. MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR
Hududiy markazda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ma’naviyat darslarida ishtirok etildi.onlayin platformada tinglovchilar bilan “Pedagogik mahoratni rivojlantirish ”mavzusida tadbir tashkil etildi.
Kafedra katta o‘qituvchisi Qorayeva Latifa Zarifovna 2023 yil 25-may kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya himoyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
«Экономика и социум” xalqaro OAK jurnalida, “Порграмма развития креативного подхода” mavzusidagi maqola.»Milliy taʼlim yaratilishda innovatsion yondashuvlar» nomli xalqaro konferensiyada “ O‘quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishga ta‘sir etuvchi usullar” nomli maqolalari bilan ishtirok etdi.
Kafedra dotsenti, i.f.n Shomiyev G‘olib O’ktamovich OAK e’tirof etgan jurnallarda 3 ta ilmiy maqola – “Формирование человеческого капитала в контексте развития рынка медицинских услуг в Узбекистане”, “Некоторые аспекты организационно – экономического механизма формирования человеческого капитала: международный опыт”, “Механизм формирования человеческого капитала в сфере оказание медицинских услуг” mavzularida maqolalar va 6 ta Respublika va xorijiy ilmiy – amaliy konferensiyalarda tezislar chop etildi.
Kafedra katta o‘qituvchisi Astanakulov Kamalitdin Maxkamovich “Yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish mexanizmlari” (16-25 yoshdagi yigit-qizlar misolida) mavzusida 13.00.07–Ta’limda menejment ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 24-mart kuni soat 10:00 dagi majlisida muvaffaqiyatli himoya qilindi. “Yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish jarayonida milliy-hududiy yondashuv” mazusidagi maqola bilan Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida 2023-yil 26-may kuni “Milliy ta’lim yaratilishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etildi.