Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi xodimlari
Jurayeva Lobarxon Kodirovna – bo‘lim yetakchi mutaxassisi. 1985-yil Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug’ilgan. 2009-yil Navoiy pedagogika institutining «Matematika va informatika» yo‘nalishini tamomlagan.
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassis lavozim yo‘riqnomasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish;
bo‘lim bosh mutaxassisi tegishliligi bo‘yicha pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida faoliyat olib borish.
bo‘limga oid nizom, tartib, tavsiya, ko‘rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatish orqali amaliyotga joriy etish ishlarini amalga oshirish;
bo‘limning yillik ish rejasini tuzish, uni o‘rnatilgan tartibda tasdiqqa kiritish va bajarilishini ta’minlash;
hududiy markaz veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va guruhlarini talab darajasida yuritilishini ta’minlash;
bo‘lim yetakchi mutaxassisini Nizomda belgilangan ishlar bilan ta’minlash va uning mehnat faoliyatini nazorat qilish;
raqamli resurslar, dasturiy ta’minot va texnikaviy vositalarni taqdim etish va ularning samarali ishlashini ta’minlash.
bajarilgan ishlar yuzasidan markaz rahbariyatiga hisobotlar tayyorlash;
lokal va global tarmog‘ining avariyadan keyingi ishchi holatini tiklash sxemasini ishlab chiqish;
nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, ularning vujudga kelishini oldini olish maqsadida serverlar hamda tarmoq tizimlarini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazib borish;
nosoz uskunalarni tamirlash, texnik va ma’naviy jihatdan eskirgan server, kompyuter texnikalarini o‘rnatilgan tartibda markaz hisobidan chiqarish va yangilarini xarid qilish bo‘yicha takliflarni kiritish;
yangi dasturiy taminot mahsulotlarini sinovdan otkazadi, tegishli xulosalar tayyorlaydi va amaliyotga joriy etish;
raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uchun treninglar va seminarlar tashkil etish;
raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini monitoring qilish orqali tahlil qilish;
monitoring natijalarini hisobotlarda ko‘rsatish va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
raqamli texnologiyalar bo‘yicha ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish;
ta’lim dasturlarini raqamli texnologiyalar bilan boyitish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
pedagog xodimlarga raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;
zarur raqamli resurslar va materiallarni tayyorlash va taqdim etish;
raqamli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini monitoring qilish va tahlil qilish;
monitoring natijalari asosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
raqamli texnologiyalar bo‘yicha seminarlar, treninglar tashkil etish;
ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash;
raqamli texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni o‘rnatish;
yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlar bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlik qilish.