Kafedra 2001-yilda tashkil qilingan. Kafedraga 2017-yil 16-yanvardan boshlab Usmanova Raxima Mamayusupovna rahbarlik qilmoqda. Kafedrada hozirgi kunda 5 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedraning ilmiy-tadqiqod mavzusi: “Uzluksiz ta’limni rivojlantirishda qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik va didaktik asoslari” deb nomlanadi.
Kafedraning rejasiga asosan 2023-yilda 108 ta kurs rejalashtirilgan, shundan yanvar-dekabr oylarida 108 ta kurs tashkil etildi va 2656 nafar tinglovchilar malakasini oshirish tashkil etildi.
OAK tasarrufidagi jurnallarda 5 ta, Scopus jurnallarda 1 ta, respublika va xalqaro konferensiyalarda 30 ga yaqin tezislar, 1 ta uslubiy qo‘llanmalar chop etildi (ilmiy ishlar 1-jadvalda ro‘yxati ilova qilinadi).
Kafedraga tegishli o‘zbek, Davlat(o‘zbek), rus (o‘zbek va qardosh maktablafda), rus (rus maktablarda), qozoq, nemis, fransuz tillari yunalishlari buyicha yangi o‘quv reja va dasturlariga quyidagi modular kiritildi: 6-modul “Ta ‘limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari” 2 soat, 8-modul “O’quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari” 4 soat.
Kafedraga tegishli barcha fanlardan 36 soatlik malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun kontentlar (o‘quv reja dasturi, ma’ruza matnlari, topsiriqlar, glossariylar, testlar, vediodarslar) tayyorlangan.
O‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qamrab olgan.
Alisher Navoiy Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi G‘ulomova Nargiza Sa’dullayevnaning “Alisher Navoiy mualliflik korpusi va uning semantik teglari bazasini yaratish (“Badoye’ ul-vasat” devoni asosida)” mavzusidagi tayyorlangan dissertatsiyasini 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) bo‘yicha 2023-yil yanvar oyida himoya qilib, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga erishdi.
Kafedra katta o‘qituvchisi, Navoiy davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi Suvanova Mavjuda Xamrakulovna “O‘zbek xalq shevalari urf-odat, marosim leksikasining lingvoareal talqini” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 10.00.01- O‘zbek tili. O‘zbek tili ixtisosligi ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Ilmiy seminari QarDUda 2023-yil 3-iyunda bo‘lib o‘tdi.