Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Rahbar munosabati

TA’LIMDA HALOLLIK — SIFAT VA KELAJAK KAFOLATI

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanovning korrupsiyaga qarşi kuraşiş va ta’limda şaffoflikni ta’minlaş böyiça MUNOSABATI

Bugun mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning tub mohiyati inson qadrini uluğlaş, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlaşga qaratilgan. Davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy xavfsizlik va taraqqiyotning eng muhim şarti sifatida belgilab berilgani bejiz emas. Bu borada belgilangan davlat siyosati har bir sohada, ayniqsa, ta’lim tizimida qat’iy va murosasiz ijro etilişi şart.

Pedagog sifatida şuni alohida ta’kidlaşni istardimki, ta’lim — jamiyatning ma’naviy va intellektual poydevoridir. Agar bu poydevorga korrupsiya illati oralasa, biz nafaqat ta’lim sifatini, balki yoş avlodning kelajakka va adolatga bölgan işonçini boy beramiz. Öqituvçilik şarafli nom va u yuksak axloqiy mas’uliyatni talab etadi. Muallim va pedagoglar korrupsiyadan holi bölişda, halollik va mas’uliyatda butun jamiyatga örnak va namuna bölişlari zarur.

Rahbar sifatidagi asosiy vazifam va qat’iy pozitsiyam şundan iboratki, Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida korrupsiyaning har qanday körinişiga murosasizlik tamoyili asosida yondaşiladi. Markazimizda pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş jarayonlarida inson omili ta’sirini maksimal darajada kamaytiriş, raqamlaştiriş imkoniyatlaridan keng foydalaniş hamda töliq şaffoflikni ta’minlaş asosiy mezonga aylangan.

Biz markaz faoliyatida quyidagi ustuvor yönalişlarni izçil amalga oşirmoqdamiz.

Şaffoflik va oçiqlik: Pedagoglarning malaka oşiriş jarayonlari, baholaş tizimi va sertifikatsiya masalalarida adolat va xolislik töliq ta’minlanadi.

Tizimli nazorat va profilaktika: Markaz jamoasida va tinglovçilar örtasida aksilkorrupsiyaviy muhitni mustahkamlaş, huquqiy savodxonlikni oşiriş va huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça profilaktik tadbirlar muntazam ötkazilmoqda.

Manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik: Kadrlarni tanlaş, rağbatlantiriş va funksional vazifalarni taqsimlaşda xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilinadi.

Ta’lim tizimidagi har bir pedagog markazimizga kelganda bilim va mahorat bilan birga, halollik va mas’uliyat muhitini tuyişi şart. Çunki şu yerda sayqal topgan mahorat va şakllangan dunyoqaraş viloyatimizdagi minglab maktablar, yuz minglab sinfxonalar va öquvçilar ongiga kirib boradi.

Fursatdan foydalanib, markazimiz jamoasini, barça tinglovçi-pedagoglarni va soha vakillarini ta’limda poklik va şaffoflikni saqlaşga, korrupsiyaning har qanday omillariga qarşi birgalikda kuraşişga çaqiraman.

Korrupsiyasiz ta’lim — sifatli kelajak va taraqqiyot kafolatidir!