DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI

FIOSuvonov Olim Omonovich
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy darajasit.f.n
Ilmiy unvoniDotsent
Telefon raqami:+998 90 731 35 12
E-mail

Kafеdra professor-o‘qituvchilari tarkibi:

  1. Suvonov Olim – texnika f.n. dotsent.
  2. Xasanova Shoxista – pedagogika f.f.d. (PhD) dotsent.
  3. Xasanova Xurshida -pedagogika f.f.d. (PhD) dotsent.
  4. Soliyeva Nafosat – katta o‘qituvchi.
  5. Cho‘liyev Erkin – fizika-matematika f.n. dotsent.
  6. Qurbonov Muhiddin – katta o‘qituvchi.
  7. Tojiyev G‘ayrat – katta o‘qituvchi.
  8. Narzullayev Nuriddin – katta o‘qituvchi.
  9. Tursunqulov Qudrat – katta o‘qituvchi.
  10. Xoliqova Gulnora – katta o‘qituvchi.

Suvonov Olim Omonovich – 2016-yil 28-maydan «Tabiiy va aniq fanlar ta’limi» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. O.Suvonov ilmiy faoliyati davomida pedagogik va aхborot teхnologiyalar asosida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik teхnologiyalarni joriy etish va interaktiv o‘qitish metodlari asosida darslarni tashkil etish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar o‘rtasida seminar-treninglar tashkil etib, ma’ruzalar qilib kelmoqda.

2023-o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedraga tegishli bo‘lgan fanlar – Kimyo fani o‘qituvchilari 450 nafar, Biologiya fani o‘qituvchilari 625 nafar, Geografiya fani o‘qituvchilari 557 nafar, Fizika fani o‘qituvchilari 550 nafar, Matematika fani o‘qituvchilari 1273 nafar, Informatika va axborot texnologiyalari fani 500 nafar tinglovchilarni malakasini oshirdilar.

Joriy o‘quv yilida kafedrada taʼlim jarayoni bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib boilib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan OAK tassavufida bo‘lgan ilmiy nashrlar 6 ta ilmiy maqola, Respublika ilmiy nashrlarida 9 ta ilmiy maqola chop etilgan. Ilmiy konferensiya va anjumanlarda – Xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda 14 ta tezislar, Respublika miqyosdagi ilmiiy anjumanlarda 22 ta tezislar chop etilgan.

Ilmiy metodik ishlanmalar – 3 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta metodik tavsiya chop etilgan.  

Kafedrada raqamli texnologiyalarni yaratishda “o‘qituvchi-o‘qituvchi” didaktik sistemasining dinamik faoliyati funksional tuzilmasi yaratilib, talim jarayonlarini tahlil qilishning ikki va ko‘p parametrli matematik modellar ishlab chiqildi, modellar yordamida o‘tkazilgan hisoblash tajribalarining natijalari Yevropa va Osiyoning nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilmoqda. “Taqsimlangan parametrli tizimlarda dinamik (statik) jarayonlari tahlilining matematik madellari, sonli va statistik  metodlari” mavzusi doirasida olib borilgan lmiy izlanishlar Ayvozot neftkondensat koni ishlab chiqarish jarayoni amaliyotida qo`llanildi.