Me’yoriy-huquqiy hujjatlarga oid savollar
Pedagogika yo‘nalishiga oid savollar
Psixologik savollar
Pedagogik texnologiyalarga oid savollar
Ingliz tili fani metodist lavozimining malaka talabi:
Ma’lumot: Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura diplomiga egalik
afzallik beradi)
Mutaxassislik: Pedagogika (ingliz tili fani yo‘nalishi)
Mehnat staji: Kamida 3 yil shundan, kamida 1 yil ta’lim sohasida soha yo‘nalishi bo‘yicha ishlagan bo‘lishi
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
Qo‘shimcha talablar:
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan to‘liq xabardor bo‘lishi;
Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);
Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan
vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Hujjatlar 2026-yilning 26-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Hujjatni topshirish https://forms.gle/AJNAQ9F2fqhcv8h28 shu havola orqali amalga oshiriladi.
Murojaat uchun telefon:
+998(93) 319-11-22
Shadiyev Bexzod Mirsalimovich
