Matbuot kotibining asosiy vazifa va funksiyalari:
– pedagogika markazi rahbariyati tomonidan zamon talablariga muvofiq belgilanadigan axborot-siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
– axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni tashkil etish;
– keng jamoatchilikni pedagogika markazi faoliyati va, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
– ommaviy axborot vositalari (keying o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan hamkorlik qilish, doimiy va hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish;
– pedagogika markazning veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi veb-resusrlarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
– pedagogika markazi faoliyatiga nisbatan aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
Matbuot kotibi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
– OAVda, shu jumladan, internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi, shuningdek, ularni veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish hamda yangilab borishni ta’minlaydi;
– pedagogika markazi rahbariyati ishtirokida tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, seminarlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etadi va o‘tkazadi;
– OAV ga taqdim etish zarur bo‘lgan axborotlarni pedagogika markazining boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;
– pedagogika markazi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi;
– pedagogika markazi faoliyati yoritilgan materiallarni belgilangan tartibda saqlash va ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;
– pedagogika markazi faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV lar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
– o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAV ning pedagogika markazi faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovnomalarini ko‘rib chiqadi.