Ta’lim sifati nazorati bo‘limi xodimlari
Rajabova Durdona Komil qizi – bo‘lim bosh mutaxassisi. 1996-yil Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2018-yilda Navoiy davlat pedagogika institutining «Ona tili va adabiyoti» yo‘nalishini tamomlagan.
Fanlarni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish;
Bo‘lim boshlig‘i tegishliligi bo‘yicha akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida faoliyat olib boradi.
Bo‘lim faoliyatining yillik rejalarini ishlab chiqish, bu rejalarga ta’lim sifatini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash va fanlarni rivojlantirish bilan bog‘liq maqsadlar kiritilishi lozim;
Har oy va chorakda ish rejalari ijrosini monitoring qilish, natijalarni tahlil qilish va zarur hollarda tuzatishlar kiritish;
Rejalarning samaradorligini baholash va rahbariyatga muntazam ravishda hisobot berish;
Hisobotda bo‘lim faoliyatining yillik natijalarini, o‘tkazilgan tadbirlar, erishilgan yutuqlar,
duch kelgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari haqida ma’lumot keltirish;
Hisobot tayyorlash jarayonida bo‘limning barcha faoliyati va ish natijalarini batafsil tahlil qilish, muhim ko‘rsatkichlarni grafik va jadvallar yordamida aks ettirish;
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish;
Innovatsion loyihalar va tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarini tahlil qilish;
Hududiy markaz professor-o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bu borada motivatsion tadbirlar tashkil qilish;
Bo‘lim doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish va olib borish, ilmiy maqolalar va metodik qo‘llanmalar tayyorlash;
Ilmiy tadqiqot natijalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish, bu orqali o‘quv jarayonining sifatini oshirishga erishish;
Tajriba almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan seminarlar, konferensiyalar va master-klasslar tashkil qilish;
Umumiy o‘rta talim maktabi o‘qituvchilarining malakasini oshirish o‘quv jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish;
O‘qituvchilar uchun doimiy ravishda seminar va treninglar tashkil qilish, ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish;
Innovatsion pedagogik texnologiyalar va usullar bo‘yicha treninglar o‘tkazish, bu orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;
O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
O‘quv jarayonining sifati va samaradorligini muntazam ravishda monitoring qilish, natijalarni tahlil qilish va hisobot berish;
O‘qituvchilar ish faoliyatini baholash, ularning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hududiy markaz fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘iga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.