Kafedra 2009 – yilda tashkil etilgan. 2021-yildan boshlab, kafedra mudiri lavozimida Astanaqulov Kamoliddin Maxkamovich rahbarlik qiladi. Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi: «Mаktаbgаchа, bоshlаng‘ich va maxsus tа’lim–tizimida Pedagogik faoliyat jarayonlarini zamonaviy tarzda tashkil etishning qulay shart-sharoitlari» deb nomlanadi. Kafedrada jami 6 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi, jumladan 1nafar falsafa doktori(PhD), 1nafar dotsent, 3nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi. Kafedra ilmiy salohiyati 17% ni tashkil etadi.
I. O‘QUV ISHLARI
Kefedrada maktabgacha ta‘lim tarbiyachilari malakasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha 23 ta kurs tashkil etilib, 575 nafar tinglovchi oflayn shaklida malaka oshirdi (144 soatlik). Mashg‘ulotlarda “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tadimot”, “Keys stadi”, “Bahs-munozara” metodlaridan foydalanildi.
II. LMIY- METODIK ISHLAR
Kafedrada mashg‘ulotlarni mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori ilmiy-metodik, ma‘naviy, madaniy saviyada o‘tishni ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra o‘qituvchilari o’zlarining ilmiy-metodik saviyalarini uzluksiz ravishda oshirib va pedagogik mahoratlarini muntazam ravishda takomillashtirib boradilar. Shu maqsadda- ular maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachilari uchun “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik o‘yinlarni tashkil etish metodikasi” Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini innovatsion usulida o‘qitish metodikasi”, boshlang‘ich ta‘lim fani o‘qituvchilari uchun Boshlang‘ich sinfda o‘qish ko‘nikmalari metodikasini o‘qitishda kreativ yondashuv”. (qozoq tilida) O‘quvchilarning matematik ko‘nikmalarini xalqaro tadqiqotlar asosida o‘rgatish metodikasi”. Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuv”mavzularida metodik ko‘rsatmalar tayyorlaydilar.
Kafedra folyatiga doir masalalarini hal etishda, kafedra majlislarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedrada ilmiy-metodik ishlar yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib o‘qituvchilarimiz tamonidan ijodiy yondashilmoqda.
III. ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Kafеdra professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy o‘quvyilida 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar tayyorlanib, OAK tasarrufidagi jurnallar, “Maktabgacha ta‘lim”, ”Boshlang‘ich ta‘lim”, “Xalq ta‘limi” “Ma‘rifat” gazetasi, respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami, “Do‘stlik bayrog‘i” gazetalarida e’lon qilinib kelinmoqda.
Xalqaro jurnallarda 14 , respublika OAK tasarrufidagi jurnallarda 5 ta, respublika 32ta, va xalqaro konferensiyalarda 15 dan ortiq tezislar, 2ta darslik, 7 ta uslubiy qo‘llanma, 12 ta tavsiya va ko‘rsatmalar chop etildi. Joriy o‘quv yilida kafedrada taʼlim jarayoni bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib boilib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish”, “Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyachilarini innoatsion usulda o‘qitish metodikasi” mavzularida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
IV. TASHKILIY-METODIK ISHLAR.
Kafedrada “Ta’lim tizimida yangi metodikalar va ulardan foydalanishning amaliy asoslari”mavzusida Respublika ilmiy –amaliy konferensiya tashkil etildi.(2023-yil 25 –aprel Navoiy) Kafedrada 2023-yil 11-mart kuni Karmana tumani MTBga qaraahli 18-dmtt va Navoiy viloyati PYMO’MM professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda o’tkazilgan «Tarbiyachining pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish usul va yo’llari» mavzusidagi o’quv- amaliy seminari tashkil etildi.
V. MA’NAVIY-MA‘RIFIY ISHLAR
Matabgacha va boshlang‘ich ta‘lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarga alohida e‘tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’lim vazirligining qarorlari va buyruqlari ijrosini ta’minlash. Davlat umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish (“Navro‘z”, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”, “Mustaqillik kuni”, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”, “Konstitutsiya kuni”). Kurs tinglovchilarining Navoiy shahri, Nurota va Karmana tumanining diqqatga sazovor joylariga tashrifini tashkil etish. Buyuk adiblar, yozuvchi va shoirlarning tavallud kuniga va boshqa muhim sanalarga bag‘ishlab badiiy kechalar tashkil etish. Pedagogika markazdagi xodimlar va tinglovchilar o‘rtasida sport musoboqalarini (voleybol, stol tennisi, shaxmat, basketbol, mini futbol) o‘tkazish. Birinchi Prezidentimiz va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevlar asarlarini tinglovchilar bilan birgalikda o‘rganish tadbiri ham olib borildi.