DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

BIZNING YUTUQLARIMIZ

2023-yil davomida Pedagogika markazi professor-o‘qituvchilaridan 5 nafari:

  1. Gֹ‘ulomova Nargiza Sa’dullayevna
  2. Astanaqulov Kamaliddin Mahkamovich
  3. Qorayeva Latifa Zarifovna
  4. Suvonova Mavjuda
  5. Do‘sanov Elbek Abdusamatovich falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya ishi yakunlanib, himoya qilishdi va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega bo‘ldi.

2023-yilda pedagogika markazida 2 nafar professor-o‘qituvchilar professor ilmiy unvonini olishdi

Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich-Pedagogika markazi direktori, Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi professori

Safarov Dilmurod Xalimovich-Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri

2023-yilda pedagogika markazida 1 nafar professor-o‘qituvchilar dotsent ilmiy unvonini olishdi

Boboyorov Shuxrat Suvonqulovich – Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti

2023-yil yanvar oyidan 1 nafar professor-o‘qituvchilar maqsadli doktoranturaga qabul qilindi:

Najmiddinova Gulnora Najmiddin qizi-Aniq va tabiiy fanlar metodikasi o‘qituvchisi

Pedagogika markazi professor-o‘qiruvchilari va tayanch doktorantlarning 264 ta tadqiqot natijalari chop qilindi.

 64 ta xorijiy jurnallarda,

 8 ta mahalliy jurnallarda,

 143 ta konferensiya to‘plamlarida

 4 ta darslik,

6 ta o‘quv qo‘llanma,

10 ta uslubiy qo‘llanma,

21 ta uslubiy tavsiya,

6 ta uslubiy ko‘rsatma,

4 ta monografiya.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Psixologik ta’limotlar tarixi” va “Yosh davrlar psixologiyasi” nomli o‘quv darsliklar nashr etildi.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli darslik, “Boshlang‘ich ta’lim tizimidagi yangiliklar va ularni amaliyotdagi tatbig‘i”, “Inklyuziv ta’limni tashkil etishning dolzarbligi va ahamiyati”, “Boshlang‘ich ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar”, “Boshlang‘ich ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar”(qozoq tilida), “O‘qish darslarida matn ustida ishlash orqali badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish” mavzularidagi metodik qo‘llanmalari nashr etildi.

Informatika fani o‘qituvchilariga amaliy ko‘mak beruvchi “Neyropedagogika asoslari”, “Python dasturlash tili” va “Informatika va axborot texnologiyalari (10-sinf) nomli o‘quv qo‘llanmalar va “Umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarini Python muhitida dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi” nomli monografiya nashr etildi.

Matimatika fani o‘qituvchilariga amaliy ko‘mak beruvchi ta’lim o‘qituvchilari va talabalri uchun “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma, “Sanoq sistemalar va ulardan foydalanish metodikasi”, “Maktab matematika kursida “Matematik modellashtirish” bo‘limini o‘qitish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanmalari nashr etildi.

Maktab amaliyotchi psixologlari uchun “Zamonaviy shaxs psixologiyasi”, “Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi”, “Boshqaruv psixologiyasi” nomli uslubiy qo‘llanmalari nashr etildi.

Maktab tarix va tarbiya fani o‘qituvchilari uchun  “Buxoro amirligidagi rus manzilgohlari hayoti tarixi (1868-1920 yy.)”, “Tarbiya fanini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi uslubiy qo‘llanmasi, “Tarbiya – hayot demak” mavzusidagi uslubiy qo‘llanmalari nashr etildi.

Maktab direktor o‘rinbosarlari uchun “Ta’limda boshqaruv”,. “Yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish mexanizmlari”, “O‘quvchilarni kasbiy diagnostika qilish orqali kasbni to‘g‘ri va ongli tanlash kompetentligini shakllantirish” nomli metodik qo‘llanmalari nashr etildi.

Maktab amaliyotchi psixologlari uchun  “Zamonaviy shaxs psixologiyasi”, nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi.

Ona tili fani o‘qituvchilariga amaliy ko‘mak beruvchi “Xazoyin ul- maoniy kulliyotidagi g‘azallarda she‘riy san’atlar talqini” nomli uslubiy qo‘llanma nashr etildi.

2022-yil holatida Pedagogika markazi professor-o‘qituvchilaridan 2 nafari Karimova Dilfuza Abduqayumovna va  Fayziyeva Feruza Ismatullayevna falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya ishi yakunlanib, himoya qilishdi va falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega bo‘ldi.

2022-yilda pedagogika markazida 4 nafar professor-o‘qituvchilar dotsent ilmiy unvonini olishdi

Xasanova Shoxista Boboxolovna- Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti

Shomiyev G‘olib O‘ktamovich- Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti

Safarov Dilmurod Xalimovich- Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri

Xasanova Xurshida Naimovna- Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti

  1. Pedagogika markazi professor-o‘qiruvchilari va tayanch doktorantlarning 207 ta tadqiqot natijalari chop qilindi.

67 ta xorijiy jurnallarda,

8 ta mahalliy jurnallarda,

132 ta konferensiya to‘plamlarida

4 ta o‘quv qo‘llanma,

21 ta uslubiy qo‘llanma,

29 ta uslubiy tavsiya,

7 ta monografiya.

  1. Informatika fani o‘qituvchilariga amaliy ko‘mak beruvchi “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” va nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi.
  2. Kimyo fani o‘qituvchilariga amaliy ko‘mak beruvchi “Kimyo fanini o’qitishni takomillashtirishda zamonaviy innovatsion usullarni takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi.
  3. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun “Boshlang‘ich sinfda o‘qish ko‘nikmalari metodikasini o‘qitishda kreativ yondashuv” (qozoq tilida), “O‘quvchilarining matematik ko‘nikmalarini xalqaro tadqiqotlar asosida o‘rgatish metodikasi” (qozoq tilida), “Boshlang‘ich ta’limga kompetensiyaviy yondashuvda o‘qituvchi mahorati” (qozoq tilida), “Boshlang‘ich sinflarda innovatsion ta’lim jarayonini tashkil etish usullari” va “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual salohiyatini o‘stirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish” nomli uslubiy qo‘llanmalari nashr etildi.
  4. Matematika fani o‘qituvchilari uchun “Matematika o‘qitishda matematika fani tarixi ma’lumotlaridan foydalanish metodikasi”, “Hosila, uning amaliy tadbiqlari va o‘qiyish metodikasi”, “Maktabda matematik moddellashtirish elementlarini o‘qitish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanmalari nashr etildi.
  5. Maktab amaliyotchi psixologlari uchun “Xulq og‘ishgan bolalarni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablar”, “O‘smirlarda virtual internetdagi xavf va undan xavfsiz foydalanish qoidalari” nomli uslubiy qo‘llanmalari nashr etildi.
  6. Sovremenniy russkiy yazik “Sintaksis” bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlandi.
  7. Pedagogika markazida 4 ta Respublika va 1 ta Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari togrisida” PQ-4963-sonli QARORI, Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 23-martdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari faoliyatini takomillashtirish, kurslardagi ta’lim sifatini oshirish va uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari togrisida”gi 80-sonli BUYRUG‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan markaz direktori F.Ro‘ziqulov rahbarligida professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda quyidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurildi:

  1. Konimex tumanining 1-,2-,7-,9-maktablariga.
  2. Xatirchi tumanining 4-,10-,13-,24-maktablariga.
  3. Qiziltepa tumanining 1-,4-,5-,41-maktablariga.
  4. Uchquduq tumanining 7-,10-,20-maktablariga
  5. Tomdi tumanining 1-,6-,25-maktablariga borildi va pedagog-xodimlar bilan seminarlar o‘tkazildi, 21 ta maktab jamaosi qamrab olindi.

 

  1. “Uzluksiz kasbiy rivojlanish-2022” loyihasi doirasida 2 ta ta fan bo‘yicha 36 ta kontent materiallari tayyorlandi va “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasiga joylashtirildi.