Bugun raqamli texnologiyalar öqituvçiga şunçaki qulaylik yaratibgina qolmay, darsni rejalaştiriş, mazmunan boyitiş va hamkorlikda taşkil etişning yangi usullarini ham taqdim etmoqda. Ana şu imkoniyatlarni amaliyotda qöllaşga qaratilgan navbatdagi öquv seminar-treningi Qiziltepa tumanidagi 41-umumiy örta ta’lim maktabi pedagogik jamoasi uçun taşkil etildi.
🕹Ikki kunlik maşğulotlar Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazining tajribali metodistlari Otabek Usmanov va Bahora Jumayeva tomonidan amaliy va interaktiv şaklda olib borildi. Trening davomida öqituvçilar kiçik guruhlarga bölingan holda Google Docs va Google Slides ilovalarida real vaqt rejimida hamkorlikda işlaş — kollaborasiya könikmalarini mustahkamladilar. Birgalikda hujjat yaratiş, ğoyalarni umumlaştiriş, taqdimotlar tayyorlaş va jamoaviy natijaga erişiş jarayonlari amaliy maşqlar orqali özlaştirildi.
🎃 Şuningdek, Gmail va Google Calendar vositalari yordamida öquv jarayonini samarali rejalaştiriş, Google Meet orqali onlayn darslarni taşkil etiş böyiça topşiriqlar bajarildi. Ayniqsa, NotebookLM platformasi asosida öquv qöllanmalarini tahlil qiliş, ma’lumotlarni saralaş va ulardan ta’lim jarayonida unumli foydalaniş imkoniyatlari iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Treningning e’tiborga molik jihati şundaki, iştirokçilar olingan bilimlarni şu zahotiyoq öz fanlari misolida sinab kördilar. Yakunda har bir guruh öz fanlari kesimida tayyorlagan raqamli dars loyihalarini taqdim etib, işlanmalarni özaro muhokama qildi va tajriba almaşdi.
🖥 Raqamli savodxonlik — bu şunçaki zamonaviy dasturlardan foydalaniş emas, balki ularning imkoniyatlarini ta’lim sifati va samaradorligini oşirişga yönaltira olişdir. Eng muhimi, öqituvçi bugun özlaştirgan raqamli könikmasini ertaga dars jarayonida qöllab, öquvçilari uçun yanada mazmunli va interaktiv ta’lim muhitini yarata oladi.


