Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Xalqaro hamkorlik

Xorijiy maslahatchi bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida taʼlim sifatini oshirish ва xalqaro tajribalarni joriy etish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Bugun markazning xorijiy maslahatchisi Bernardo Melchor Kajandab hamda Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri Xurshida Xasanova va kafedra xodimlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Samimiy va ishchan ruhda oʻtgan muloqot davomida hududda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasini yanada takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik rejalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, dars jarayonlariga xalqaro taʼlim standartlari va ilgʻor xorijiy tajribalarni samarali tatbiq etish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Belgilab olingan istiqbolli rejalar Navoiy viloyatidagi aniq va tabiiy fanlar oʻqituvchilarining salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.