Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI

Muqaddas tuğ — tarix va kelajak közgusi: Navoiy pedagogik mahorat markazida bayroq bayrami özgaça ruhda ötdi

Bayroq — şunçaki mato emas, u xalqning ötmişi, buguni va ertangi kunga bölgan işonçini özida mujassam etgan muqaddas timsoldir. 1991-yil 18-noyabr ➖ Özbekiston Respublikasining “Davlat bayroği töğrisida”gi qonuni qabul qilingan kun.  Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan Navoiy pedagogik mahorat markazida taşkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir samimiy va kötarinki ruhda bölib ötdi.

Markazning «Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi» kafedrasi professor-öqituvçilari hamda «Tarbiya» kursi tinglovçilari hamkorligida tayyorlangan dastur odatiy ma’ruzalardan yiroq, jonli muloqot va qiziqarli çiqişlarga boy tarzda keçdi.

Tadbir davomida iştirokçilar uçun bir qator ta’sirçan sahifalar taqdim etildi:

🇺🇿Tarixga sayohat: Yurtimiz hududida hukmronlik qilgan qadimiy davlatlar va saltanatlar bayroqlari, ularning ramziy ma’nolari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bu esa davlatçilik an’analarimiz neçoğlik çuqur ildizlarga ega ekanini yana bir bor yodga soldi.

🇺🇿Yaratiliş tarixidan lavha: Davlat bayroğimiz muallifi — taniqli musavvir bilan ötkazilgan suhbat aks etgan videorolik namoyişi barçada katta taassurot qoldirdi. Unda bayroqdagi har bir rang va belgi zamiridagi maşaqqatli izlanişlar, ijodiy jarayon haqida söz yuritildi.

🇺🇿Bilimlar bahsi: Tadbirning eng qizğin qismi bayroğimiz tarixi va qonunçilik asoslariga bağişlangan viktorina böldi. Unda ustozlar va tinglovçilar öz bilimlarini sinovdan ötkazib, faollik körsatdilar.

Quruq rasmiyatçilikdan xoli, samimiy muhitda ötgan uşbu uçraşuv nafaqat bilimlarni boyitdi, balki har bir iştirokçi qalbida Vatan timsollariga nisbatan faxr va hurmat tuyğularini yanada yuksaltirdi. Öz tarixi va ramzlarini qadrlagan yurtning kelajagi hamişa porloqdir.