Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

KASBIY RIVOJLANISH VA YANGI IMKONIYATLAR

Bugun ta’limdagi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — pedagoglarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirish va zamonaviy o‘qitish metodikalarini amaliyotga joriy etishdir.

Respublikamizning barcha hududlarida pedagoglar uchun tashkil etilayotgan Kasbiy rivojlanish kuni (KRK) tadbirlari aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. Bugundan Navoiy viloyatida ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun ham Kasbiy rivojlanish kuni tadbirlari boshlandi.

Suratlarda Navoiy shahridagi 11-maktab ingliz tili o‘qituvchilarining KRK doirasidagi mashg‘ulotlari aks etgan.

KRK — pedagoglarning tajriba almashishi, zamonaviy metodlarni o‘rganishi va dars jarayoniga yangi yondashuvlarni olib kirishi uchun muhim maydon. Mashg‘ulotlarda o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi hamda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bugungi globallashuv davrida ingliz tilini bilish yoshlar uchun xalqaro ta’lim, zamonaviy texnologiyalar va keng axborot olamiga yo‘l ochadi. Shu bois ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivoji — o‘quvchilarning kelajak imkoniyatlariga qo‘shilgan muhim hissadir.

Sifatli ta’lim — zamonaviy pedagog, samarali metodika va uzluksiz rivojlanishdan boshlanadi!