Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

«Metodik marafon»

Bir dars — yuzta g‘oya, bir marafon — minglab yangi imkoniyat!

Navoiyda respublika miqyosidagi Metodik marafon boshlandi!

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va metodik qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Metodik marafon» respublika tadbirining birinchi kuni ko‘tarinki ruhda, mazmunli taqdimot va amaliy mashg‘ulotlarga boy tarzda o‘tdi.

Marafonning dastlabki kunida respublika miqyosidagi mas’ul va trenerlar, shuningdek, Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan tajribali mutaxassislar o‘z taqdimotlari orqali pedagogik tajriba va ilg‘or yondashuvlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbirning viloyat miqyosidagi sho‘balarida esa boshlang‘ich ta’lim, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda o‘qish savodxonligi yo‘nalishlari bo‘yicha qizg‘in mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Xususan, boshlang‘ich ta’limda interfaol metodlar, STEM va Data Science elementlarini fanlarga integratsiyalash, raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish, reflektiv o‘qish, matn bilan ishlash texnologiyalari hamda 5E modelining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari atroflicha yoritildi.

Eng muhimi, marafon shunchaki ma’ruza va taqdimotlar maydoni emas, balki tajriba almashish, yangi metodik yechimlarni kashf etish, hamkasblardan o‘rganish va ertangi darslarga yangi g‘oyalar bilan qaytish imkoniyatidir.

Zero, zamonaviy ta’limning kuchi — izlanishdan, izlanishning samarasi esa o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishdan boshlanadi!