SOG‘LOM BOLA — SOG‘LOM OILA — SOG‘LOM JAMIYAT!
Inson salomatligi, avvalo, oiladagi sog‘lom muhit, to‘g‘ri ovqatlanish va kundalik hayot tarziga bog‘liq. Sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish va foydali odatlarni yosh avlod ongiga singdirish esa bugunning muhim vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida “Salomatlik yo‘nalishlari loyihasi” dasturi doirasida viloyat seminari tashkil etildi. Unda sog‘lom turmush tarzining tarkibiy qismini tashkil etuvchi muhim omillar — to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat hamda ekologik qoidalarga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida ushbu yo‘nalishlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali tatbiq etish, bolalarda salomatlikni asrashga doir bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda sog‘lom hayot tarzini kundalik odatga aylantirishning ahamiyati ta’kidlandi.
Zero, sog‘lom avlodni tarbiyalash faqat tibbiy tavsiyalar bilan cheklanmaydi. Bu — oilada shakllanadigan odatlar, ta’lim muassasasidagi tarbiya va jamiyatdagi sog‘lom muhit uyg‘unligidir.
Unutmaylik: sog‘lom bola — oilaning baxti, sog‘lom avlod esa jamiyatning eng katta boyligidir!


