Samarqand va Navoiy Pedagogik mahorat markazlari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markaziga Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyatining tashrifi mustahkam hamkorlikning yaqqol ifodasi bo‘ldi. Bungacha ham ikki hudud o‘rtasida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari mazkur tashrif bilan yanada kengaydi.
Tashrif davomida mehmonlar Navoiydagi ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishib, jarayonlarda bevosita ishtirok etishdi.
⏺Dars jarayonlari: Mehmonlar markazda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda bevosita ishtirok etib, zamonaviy metodikalarning qo‘llanilishini kuzatishdi.
⏺Samimiy muloqot: Navoiylik pedagoglar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, fikr almashildi, ularning takliflari tinglandi.
⏺Muhim kelishuv: Shuningdek istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni Navoiy pedagogik mahorat markazi direktori O‘ktamjon Mardanov va Samarqand pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirovlar rasman tasdiqlashdi.
Bu kabi amaliy qadamlar ikki hudud o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, tajriba almashish va ta’lim sifatini yana yaxshilash yo‘lida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

