Joriy yilning sentabr oyida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida rus tili fanini o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida navbatdagi muhim bosqich boshlandi. Loyiha doirasida A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining tajribali metodisti Iksanova Nuriya Sagitovna viloyatga tashrif buyurdi.
Tashrifning ilk kunida Nuriya Sagitovna Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov hamda direktor o‘rinbosari professor Dilmurod Safarovlar bilan uchrashdi. Muloqot davomida viloyatda rus tili ta’limini yanada rivojlantirish, o‘qitish mezonlarini takomillashtirishga doir istiqbolli rejalar va hamkorlik loyihalari belgilab olindi.
Bugun pedagogika markazida rus tili fani kursi tinglovchilari uchun xorijiy mutaxassis Nuriya Iksanova hamda kafedra dotsenti Rahima Usmanova hamkorligida amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi. Seminar-trening va mahorat darslari tinglovchilarda katta taassurot qoldirmoqda.


