Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Ustozga ustoz kömagi: kasbiy mahorat sari hamkorlik!

Maktabda ta’lim sifatini ta’minlaş faqatgina moddiy-texnik bazani mustahkamlaş bilan çeklanmaydi. Zamonaviy jihozlar va qulay şart-şaroitlar muhim, albatta. Biroq ulardan samarali foydalana oladigan, dars jarayonini töğri taşkil etadigan va doimiy kasbiy izlanişda bölgan pedagog bölmasa, kutilgan natijaga erişiş qiyin. Şu ma’noda, öqituvçiga körsatiladigan metodik va pedagogik kömak ta’lim sifatini belgilovçi muhim omillardan biridir.

Ana şu maqsadda pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantiriş böyiça belgilangan çora-tadbirlar rejasi ijrosi doirasida Navbahor tumanidagi 29-umumiy örta ta’lim maktabiga Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktor örinbosari Dilmurod Safarov hamda markaz metodistlari taşrif buyurişdi.

Mazkur maktab oliy toifali öqituvçisi bölmagan viloyatdagi 7 ta ta’lim muassasasi qatoriga kiritilgan. Şu bois taşrifning asosiy maqsadi pedagoglarning kasbiy ehtiyojlarini örganiş, mavjud metodik böşliqlarni aniqlaş va ularni bartaraf etişga qaratilgan manzilli yordam tizimini yölga qöyişdan iborat böldi.

Uçraşuv davomida maktabdagi ta’lim jarayoni, öqituvçilarning kasbiy tayyorgarligi va rivojlaniş ehtiyojlari muhokama qilindi. Kelgusida tajribali ustoz-murabbiylarni biriktiriş, darslarni kuzatiş va tahlil qiliş, oçiq maşğulotlar taşkil etiş, individual maslahatlar beriş hamda pedagoglarni malaka toifasini oşirişga tayyorlaş böyiça vazifalar belgilab olindi.