Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida «Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Mazkur anjuman ta’lim tizimiga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish, pedagog kadrlar intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda sohadagi mavjud dolzarb muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish va ularning yechimlarini belgilashga bagʻishlandi.
Anjuman doirasida mamlakatimizning turli vazirlik va idoralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim va hududiy pedagogik mahorat markazlari vakillari, shuningdek, xorijiy davlatlardan nufuzli olimlar va mutaxassislar oʻzlarining maʼruzalari bilan onlayn va offlayn formatda qatnashdilar.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshligʻi, t.f.n., dotsent Anvar Bahromov va Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Oʻktamjon Mardanov anjumanni kirish soʻzi bilan ochib berishdi.


