Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

ÖZBEK TILINI ÖQITIŞDA ZAMONAVIY METODIKA VA INNOVATSION YONDAŞUVLAR

Tilni örgatiş — şunçaki söz va qoidalarni yodlatiş emas, balki bolada fikrlaş, muloqot qiliş, öz fikrini erkin va ravon ifodalaş könikmalarini şakllantirişdir. Buning uçun esa öqituvçidan zamonaviy bilim, izlaniş va yangiça pedagogik yondaşuv talab etiladi.

Ayni şu maqsad yölida joriy yilning 5–6-noyabr kunlari Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “Maktabgaça va maktab ta’limida özbek tilini sifatli öqitiş: zamonaviy metodika va innovatsion yondaşuvlar” mavzusida öquv-seminari taşkil etildi.

Seminarning asosiy e’tibori maktabgaça va maktab ta’limi tizimida özbek tilini öqitiş metodikasini takomillaştiriş, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondaşuvlar va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etişga qaratilgan.

Bugungi maşğulotlar davomida iştirokçilar davlat tilini öqitişning zamonaviy konsepsiyasi, uning me’yoriy-huquqiy asoslari, CEFR va Milliy öquv dasturi bilan uyğunligi kabi muhim masalalar yuzasidan bilimlarini boyitmoqdalar.

Şuningdek, bolalarga özbek tilini öyin asosida örgatiş texnologiyalari, bolalar nutqini kuzatiş va yoş xususiyatlarini tahlil qiliş, davlat tilini kommunikativ yondaşuv asosida öqitiş metodikasi böyiça nazariy va amaliy maşğulotlar olib borilmoqda.

Seminar jarayonida nazariy bilimlar amaliy tajriba bilan uyğunlaşib, pedagoglar özaro fikr va tajriba almaşiş, yangi metodik yeçimlarni örganiş imkoniyatiga ega böldilar.

Zero, özbek tilini puxta örgatiş — ta’lim sifatiga qöyilgan muhim poydevor. U qançalik mustahkam bölsa, bolalarning fikrlaş dunyosi, nutq madaniyati va bilim oliş imkoniyatlari ham şunçalik keng böladi.