Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

“METODIK MARAFON”

Bugun O’zbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan  ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan “METODIK MARAFON” tadbirida Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bosh metodisti Shaxlo Raxmonova, Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Uktam Mardanov hamda mahorat markazi xodimlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagoglari ishtirok etdilar.

Metodik marafonda tajribali pedagog va metodistlar tomonidan matematika, tabiiy fanlar, o‘qish savodxonligi hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida trening va master-klasslar tashkil etildi. Matafonning hududiy bosqichi esa viloyat Pedagogik mahorat markazida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat trenerlari tomonidan ham mashg’ulotlar fan yo‘nalishlari kesimida tashkil etilib, o’qituvchilar o’z tajribalari, innovatsion yondashuvlari hamda samarali metodlari bilan o’rtoqlashdilar, tajriba almashdilar.

Jumladan, Navoiy shahar 4-maktab o’qituvchisi Yuriy Rustamov tomonidan «Robototexnika, Arduino va 3D Printer, Vaybkoding» mavzusida ma’ruzalar qilindi, o‘z o‘rnida marafon ishtirokchilari o‘z gadjetlari orqali olingan bilimlarni mustahkamlash imkoniga ega bo’lishdi.

✨“METODIK MARAFON” tadbiri ta’lim sifatini oshirish va ilg‘or metodikalarni keng joriy etishga xizmat qilmoqda.