Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Jarayon

MTTlarda «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlarini tashkil etish uchun mentor-trenerlarini tayyorlash bo’yicha qisqa muddatli o’quv kursi o’z ishini boshladi!

Bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan muhim o’quv seminari start oldi. Unda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha mentor-trenerlarni tayyorlash ko’zda tutilgan.

22–24-sentabr kunlari davom etadigan mazkur o’quv kursining ochilish marosimida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori oʻrinbosari Dilmurod Safarov ishtirok etib, tadbirni ochib berdi.

Kurs davomida bolalar xavfsizligini ta’minlash, kasblarga dastlabki tasavvurlarni shakllantirish hamda «Kelajak soati»ni samarali tashkil etish kabi dolzarb mavzularda qizg’in mashg’ulotlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.