Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Kasbiy mahoratni baholash

VAZIR JAMG‘ARMASI USTAMASI UCHUN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHI DAVOM ETMOQDA

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash tanlovining ikkinchi bosqichining uchinchi kuni ham muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur bosqichda viloyatimizning umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 205 nafar pedagog ishtirok etdi.
Tanlov jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash mahorati, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yondashuvlari hamda kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishi baholandi.
 Suhbatlar amaldagi nizom va tasdiqlangan baholash mezonlari asosida, xolislik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazildi.