Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

“Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi

Maktabgacha ta’lim tizimida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini keng joriy etish va uning amaliy samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarining uchinchi bosqichi davom etmoqda.

Joriy yilning 15–17-iyun kunlari Xatirchi, Uchquduq va Tomdi tumanlarida o‘tkazilayotgan mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida rahbar va pedagog kadrlar “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturining mazmun-mohiyati, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga oid nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlamoqda.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar interaktiv metodlar asosida tajriba almashish, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash hamda dastur talablarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni egallaydilar.

Kurs yakunida onlinedu.uz platformasi orqali test sinovlari tashkil etilib, belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga QR-kodli elektron sertifikatlar taqdim etiladi.

Mazkur o‘quv kurslari maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagoglarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini chuqur o‘zlashtirish hamda uni ta’lim jarayoniga samarali joriy etishga xizmat qiladi.