NAVOIYDA “MUVOZANAT”: PEDAGOGLAR UCHUN PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH TRENINGI BOSHLANDI
Navoiy shahrida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun “Muvozanat” nomli uch kunlik psixologik trening boshlandi. Sharq universitetida tashkil etilgan dastur pedagoglarning emotsional salomatligini mustahkamlash, stressni boshqarish va professional charchashning oldini olishga qaratilgan.
Trening davomida ishtirokchilarga emotsional holatni tiklash, o‘z-o‘zini boshqarish, emotsional intellektni rivojlantirish, jamoada sog‘lom muhit yaratish hamda professional motivatsiyani oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek, ta’lim muhitida emotsional va jismoniy zo‘ravonlikning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Muvozanat” dasturining asosiy maqsadi — pedagoglarning ichki barqarorligini ta’minlash, professional salomatligini mustahkamlash va ta’lim jarayonida sog‘lom, ijobiy emotsional muhitni shakllantirishga ko‘maklashish.


