Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.
admin

By

Tarbiyachilarning amaliy faoliyatida pedagogik laboratoriya usullaridan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun “Pedagogik laboratoriya” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi, Мaktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda 60 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Tadbirni Pedagogik mahorat markazi...
Batafsil
UNICEF tashkiloti tomonidan Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun 5 ta rivojlanish markaziga moslashtirilgan xona zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. Jumladan, markazlarga bolalar ta’limi uchun moslashtirilgan zamonaviy kutubxona, kompyuter jamlanmalari hamda elektron doskalar, sahnalashtirishga mos holda teatr kiyimlari, tajriba o‘tkazish uchun resurslar yetkazib berildi. Ushbu jihozlar...
Batafsil
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi, filippinlik janob Bernardo Melchor hamkorlik shartnomasiga asosan xorijiy maslahatchi sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Jamoa bilan tanishish va 2026-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalarni muhokama qilish, olib boriladigan ishlar, ta’lim jarayonlari to‘g‘risida kelishib olish maqsadida uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuvda maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va...
Batafsil
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida bugundan viloyat maktablarining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun «PIRLS tadqiqoti doirasida O‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish» mavzusida seminar-trening o‘z ishini boshladi. 14-16-yanvar kunlari davom etadigan mazkur tadbirda maktab direktorlari hamda boshlang‘ich ta’lim mutaxassislari qatnashmoqda. Trening ochilishida Pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari Dilmurod Safarov kirish so‘zi bilan ishtirok etib, mamlakat ta’lim tizimining...
Batafsil
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi va A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan “2026-yilda malaka oshirish kurslarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish” mavzusida bo‘lib o‘tgan seminar-treningdan olingan bilim va xulosalar yuzasidan jamoa yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni markaz direktori Uktamjon Rustamov hamda direktor o‘rinbosari Dilmurod Safarovlar olib borishdi. Yig‘ilishda malaka oshirish tizimini...
Batafsil
1 4 5 6 7 8 113