Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Seminar

Yozgi sogʻlomlashtirish va innovatsion yondashuvlar: Xatirchida amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Xatirchi tumanidagi 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Yoz oʻtmoqda soz” shiori ostida amaliy seminar oʻtkazildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining yozgi sogʻlomlashtirish davri, tarbiyalanuvchilar xavfsizligi va ularning hayotini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi ijrosini amalda taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

Seminarda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi mutaxassislari ishtirok etib, tarbiyachi-pedagoglarga amaliy va metodik tavsiyalar berishdi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi “Toza qoʻllar” chellenji, ochiq havoda oʻtkazilgan harakatli oʻyinlar va yangi innovatsion ilgʻor pedagogik texnologiyalardan keng foydalanilib, mashgʻulotlar yuqori kayfiyatda tashkil etildi.

Shuningdek, yangilangan “Ilk qadam” milliy oʻquv dasturini taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali va keng joriy etish maqsadida pedagoglar uchun qisqa muddatli oʻquv mashg‘uloti oʻtkazildi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan ushbu tadbir yozgi sogʻlomlashtirish davrini mazmunli, xavfsiz va tizimli tashkil etishda muhim amaliy майдон boʻlib xizmat qildi.