Xavfsizlik – bosh mezon: Markazda yong‘in xavfsizligi qoidalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida jamoat va texnik xavfsizlikni ta’minlash, xodimlarning hushyorligini oshirish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish – har bir fuqaroning burchi” mavzusida maqsadli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Yaxlit va tizimli tarzda kechga tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari talablari asosida tashkilotlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlanishi, sohadagi islohotlar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyati masalalari atroflicha tahlil qilindi. Ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini qo‘llash hamda xavf tug‘ilganda evakuatsiya qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha zarur amaliy tavsiyalar berildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan direktor o‘rinbosari Dilmurod Safarov so‘zga chiqib, xavfsizlik madaniyatiga rioya etish har bir xodimning eng muhim kundalik vazifasi ekanligini alohida uqtirdi. Mazkur uchrashuv yakunida markazda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik ishlarni tizimli davom ettirish va sohaga mas’ullar tomonidan xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
🌐 O‘z xavfsizligingiz va atrofdagilar hayotiga befarq bo‘lmang!


