G‘ozg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-son tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini yangi o‘quv yilida samarali qo‘llashga bag‘ishlangan “Ilk qadam — sifatli ta’lim poydevori” mavzusida shahar miqyosidagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi mas’ullari hamda shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirok etdi.
Seminar davomida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturining mazmun-mohiyati, uni yangi o‘quv yilida samarali qo‘llash, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish hamda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, dasturdan amaliyotda samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar oldilar.
“Ilk qadam” — sifatli ta’lim va barkamol avlod sari muhim qadam!


