G‘ozg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-son tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini yangi o‘quv yilida samarali qo‘llashga bag‘ishlangan “Ilk qadam — sifatli ta’lim poydevori” mavzusida shahar miqyosidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi mas’ullari hamda shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirok etdi....Batafsil