Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov hamda Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi, filippinlik janob Bernardo Melchor o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bundan buyon janob Melchor Pedagogik mahorat markazida xorijiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritib, markaz o‘qituvchilari va tinglovchilariga o‘z malakalari bilan ko‘maklashadi. Jarayonda 2026-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar muhokama qilinib, olib boriladigan ishlar, ta’lim...Batafsil
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi xodimlari hamda tinglovchilari taʼlim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish, metodik qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan respublika “Metodik marafon” tadbirida ishtirok etishdi.Batafsil
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomada mamlakat hayotining har bir jabhasini yanada rivojlantirishga oid yirik tashabbuslar ilgari surildi hamda kelgusi yillardagi eng muhim vazifalar yuzasidan rejalar taqdim etildi. Davlatimiz Rahbari tashabbusiga ko‘ra, 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi ham mahallaning jamiyatdagi o‘rni, undagi o‘zaro yordam va...Batafsil
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningda Pedagogik mahorat markazi kafedrasi mudiri Jahongir Po‘latov maʼruzachi sifatida chiqish qilib, Murojaatnomada tilga olingan muhim islohotlar, ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalar va...Batafsil
Aziz vatandoshlar! Jonajon O‘zbekistonimizga xalqimiz ulkan orzular bilan kutayotgan bayram – Yangi 2026-yilning kirib kelishi daqiqalar sayin yaqinlashmoqda. Ayni quvonchli lahzalarda Siz, azizlarni, Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Imkoniyatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadoningizga fayzu baraka tilashdan baxtiyorman. 2025-yil voqelikka boy, barakali va serunum yil bo‘ldi. Joriy yilda barcha...Batafsil