Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Seminar-trening

Fransuz tili o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida fransuz tili fani bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Fransiyani kashf etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir pedagogik kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar-treningni Prezident maktabi o‘qituvchisi, xorijiy maslahatchi Dumitru-Cristescu Bogdan olib bordi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar Fransiyaning ta’lim tizimi, madaniyati va zamonaviy pedagogik yondashuvlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari hamda xorijiy maslahatchi o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va xorijiy tajribalarni joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur seminar-trening tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘rganish hamda xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish borasidagi bilimlarini boyitishga xizmat qildi.