Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Didaktik o‘yinlar tanlovi

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida “O‘ynab o‘rganamiz – sog‘lom ulg‘ayamiz” nomli Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida “O‘ynab o‘rganamiz – sog‘lom ulg‘ayamiz” nomli didaktik o‘yinlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yozgi sog‘lomlashtirish davrida tarbiyachilarning ijodiy va kasbiy salohiyatini namoyon etish, bolalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi innovatsion didaktik o‘yinlarni ommalashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarning yozgi sog‘lomlashtirish davrini samarali tashkil etish, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, didaktik o‘yinlar orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda zamonaviy pedagogik metodlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Tanlovning amaliy qismida ishtirokchilar o‘zlari yaratgan didaktik o‘yinlar va innovatsion ishlanmalarni namoyish etib, tajriba almashdilar. Yakunda faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Bunday tanlovlar maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bolalarning mazmunli va qiziqarli ta’lim olishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.