Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi hamda Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi hamkorligida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan “Ezgu tilak” loyihasi doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Ochiq osmon ostidagi amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va atrof-muhitga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi....Batafsil