DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Pedagogika markazi tarixi

Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasining 1982–yil 26-noyabr oyidagi  277-P farmoishi bilan tashkil etilgan.

Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi dastlab Navoiy shahar 16-umumta’lim maktab binosida direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 19 nafar kabinet mudirlari, 12 nafar metodist, kutubxonachi, hisob-kitobchilar va 3 dona yozuv mashinkasi bilan ish boshlagan.

1991-yilda “Pedagogika, psixologiya va rahbar kadrlar” kafedrasi, 1994-yilda “Tabiiy fanlar va tillar” kafedrasi, 1995-yildan boshlab barcha fan kabinetlari o‘rniga kafedralar tashkil etildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil  16-fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 25-son hamda 2014-yil 15-avgustdagi “Xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 234-son qarorlariga asosan Navoiy viloyati Karmana tumani hokimligining 2015-yil 4-martdagi 12-Q qarori bilan ro‘yxatga olingan Xalq ta’limi vazirining 2015-yil 16-fevraldagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut (markaz)larining ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 34-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ustav asosida faoliyat yuritadi.

Bugungi kunda pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘quv-metodik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, o‘quv jarayonini tashkil etish, uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash, kadrlar, hisob-kitob, umumiy bo‘lim va arxiv, xo‘jalik ishlari, matbuot kotibi, AKT va texnik ta’minot, yuriskonsult bo‘limlari va  axborot-resurs markazi hamda “Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi”, “Tillarni o‘qitish metodikasi”, “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari”, “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi”, “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari”, kafedralaridan iborat tashkiliy tuzilmasiga ega.

O‘tgan davr mobaynida institutda 85000 nafardan ortiq o‘qituvchilar malakasini oshirdi. 1000 dan ortiq nomutaxassis pedagog kadrlar kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tdi.

Hozirgi paytda ta’lim jarayonida 2 nafar fan doktori professorlar, 17 nafari fan nomzodi dotsentlar, 8 nafar limiy tadqiqotchi, 13 nafari katta o‘qituvchilar va 10 nafari o‘qituvchilar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi faoliyati davrida 9 nafar o‘qituvchi nomzodlik desertatsiyasini yoqladi, 3 nafar xodim ilmiy ishlarini yakunlash arafisida.

Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi professor-o‘qituvchilari o‘z bilim va malaka mahoratlarini doimiy yangilab borish bilan birga, ta’limni yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borishga asosiy e’tiborini qaratmoqda. Professor-o‘qituvchilarining samarali faoliyat olib borishi, tinglovchilarning kasbiy bilim va  ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini singdirish va xodimlarning qobiliyatini rivojlantirish hamda yangi bilimlar berish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, Internet global tarmog‘i bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida pedagogika markazida 4 ta kompyueter xonasida 61 ta kompyuter va 5 ta interaktiv doska , fizika, biologiya va kimyo fanlarida mebel-jihoz, o‘quv labaratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlanib, ta’lim jarayonida foydalanib kelinmoqda.

Uzoq tuman va shahardan kelgan tinglovchilar uchun 50 o‘rinli yotoqxona tashkil etilgan.

Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga Latipov Nasriddin Latipovich – 1982-1993 yy., Urchinov Jo‘ra Urchinovich biologiya fanlari nomzodi, dotsent – 1993-1994 yy., Tog‘ayev Eshmamat Suyarovich  biologiya fanlari nomzodi – 1994-1997 y/y., Saidov Majid Yorqulovich pedagogika fanlari nomzodi – 1997-1999 yy., Farmonov Mardon Farmonovich – 1999-2001 yy., Bobomurodova Anora Yavqochdiyevna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent – 2001-2004 yy., Yusupov Tohir Jabborovich filologiya fanlari doktori – 2004-2005 yy., Yo‘ldoshev Kamol Mirzayevich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent – 2006-2010 yillarda rahbarlik qilgan. Hozirda pedagogika markaziga psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich rahbarlik qilib kelmoqda.