Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Zamonaviy baholash usullari amaliyotda

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida rus sinflarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari kursining may oyi tinglovchilari uchun “O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulotni Djuraeva Guli Maratovna olib borib, tinglovchilarga zamonaviy baholash yondashuvlari, formativ va summativ baholashning amaliy ahamiyati hamda o‘quvchilar bilimini samarali aniqlash usullari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.
Dars davomida tinglovchilarga baholashning zamonaviy tamoyillari, diagnostik, formativ va summativ baholash turlari, samarali qayta aloqa hamda o‘quvchilar bilimini adolatli baholash mexanizmlari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Interfaol metodlar, guruhli mashqlar va tahliliy topshiriqlar orqali tinglovchilarning mavzu yuzasidan amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Dars tahlilida kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, mashg‘ulot jarayonini atroflicha muhokama qildilar. O‘qituvchiga dars samaradorligini yanada oshirish, metodik yondashuvlarni takomillashtirish va tinglovchilar faolligini kuchaytirish yuzasidan kerakli tavsiya hamda metodik ko‘rsatmalar berildi.