Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi tasviriy san’at kursi tinglovchilari tomonidan 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab yuksak ma’naviy ruhdagi badiiy rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
🎨Ushbu tadbir doirasida tinglovchilar o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etib, Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikning qadri, urush va mehnat fronti qatnashchilariga bo‘lgan yuksak ehtirom kabi g‘oyalarni aks ettirgan ta’sirli asarlar yaratdilar. Rasmlarda tarixiy xotirani asrash, ajdodlar jasoratini ulug‘lash hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi ezgu g‘oyalar o‘rin oldi.
🎨Ko‘rgazma davomida namoyish etilgan ijodiy ishlar ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot uyg‘otib, tinglovchilarning badiiy did va mahorati, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishi yanada yuksak darajada ekanligini yaqqol namoyon qildi. Tadbir yakunida esa ijodkorlarga minnatdorchilik bildirilib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.


