O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi hamkorligida viloyat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun “Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar: bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida workshop bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Xalqaro dasturlar va reytinglardagi ko‘rsatkichlar tahlili bo‘lim boshlig‘i Furqat Xolmirzayevlar kirish so‘zi bilan ochib berishdi.
“Ekologik savodxonlik — erta yoshdan boshlanadi” nomli videorolik namoyishidan so‘ng, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi ekspert-tahlil xizmatlarini amalga oshirish bo‘limi mutaxassisi Sevara Xasanova hamda Baholash va ijtimoiy tadqiqotlar bo‘limi mutaxassisi Komila Najimovalar trenerligida trening mashg‘ulotlari o‘tildi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari ishtirokida guruhlarda amaliy mashg‘ulotlar bajarildi.


