Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi munosabati bilan Axborot-resurs markazi hamda Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida “Qodiriyni yod etib” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ona tili va adabiyot fani kurs tinglovchilari faol ishtirok etib, buyuk adibning boy ijodiy merosi, ibratli hayot yo‘li hamda milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida mazmunli chiqishlar qildilar.
Tadbir davomida Abdulla Qodiriy asarlaridan parchalar o‘qildi hamda ishtirokchilar tomonidan adib ijodiga bag‘ishlangan fikr-mulohazalar bildirildi. Bu esa yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat va adabiyotga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Qodiriyni yod etib” tadbiri ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, barchani buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga undadi.


