Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

“Sohibqiron — adolat va qudrat timsoli”

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi tasviriy san’at fani kursi tinglovchilari ishtirokida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron — adolat va qudrat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Markaz ARM hamkorligida tashkil etilgan tadbirdan «Kitob o‘qish soati» doirasida Temur siymosini badiiy tarzda yoritib bergan bir qator adabiyotlar muhokamasi, ular asosida davra suhbati bilan bir qatorda, tasviriy san’at o‘qituvchilari tomonidan Amir Temur siymosini tasviriy ishlarda aks ettirish jarayonlari o‘rin oldi.

Tadbirning yakuniy qismi esa  “Dunyoni titratgan buyuk Sohibqiron Amir Temur” nomli hujjatli film namoyishi bilan esda qolarli boʻldi.