Navoiy shahridagi «PROFI University» binosida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan «Oʻquv-metodik Kengashi faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari» mavzusida viloyat oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Seminarda Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i oʻrinbosari Abror Latipov hamda boshqarma sho’ba boshlig’i Talgat Kayepovlar ishtirok etib, Kengash ishiga muvaffaqiyat tilashdi.
Jarayonda viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov O’quv-metodik kengash faoliyatini tashkil etish, ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni samarali yo’lga qo’yishda kengash aʼzolarining shaxsiy mas’uliyati to’g’risida gapirib o’tdi. Direktor o’rinbosarlari Dilyara Tuxfatullina hamda Dilmurod Safarovlar esa O’quv-metodik kengash va apellyatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash, o’qituvchilarning ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish tartibi to’g’risida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan mavzuga oid taqdimotlar qilindi. Fan yo’nalishlari boʻyicha o’quv-metodik kengash sho‘balari o‘z ishini olib bordi.


