Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Seminar-trening

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida o‘z kasbiy faoliyati davomida yutuqlarga erishgan pedagog-o‘qituvchilar bilan tajriba almashish maqsadida “Tajribali ustozlar – sifatli ta’lim garovidir!” mavzusida navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bu galgi seminar Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi, xususan kafedra katta o‘qituvchisi G‘ayrat Tojiyev tomonidan tashkillashtirilib, tajribali pedagoglarning dars samaradorligini
oshirishga qaratildi.

Matematika kursi tinglovchilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda Karmana tumani 19-maktab oʻqituvchisi Farida Raximova «Matematika va kundalik hayot», Navoiy shahar 12-MFCHO’IDUM oʻqituvchisi Dilshoda Kamolova «Zamonaviy pedagog: tajriba, yutuq va kelajak rejalar», Karmana tumani 7-maktab o‘qituvchisi Jamshid Izzatullayev «Bolalarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirishning usullari», Zarafshon shahar 11-maktab o‘qituvchisi Xurshida Jalilova «Pedagogika cho‘qqisi», Konimex tumani 9-maktab o‘qituvchisi Ubaydullo Mirzayev «O‘quvchilarni matematika faniga qiziqtirishda enerjayzerlardan foydalanish usullari» kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi.

Har bir chiqish turli pedagogik usul va enerjayzerlar bilan boyitilgan holda tushuntirib berildi.