Navoiy viloyat pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining bir guruh metodistlari tomonidan Karmana tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” shiori ostida “Dars tuzilishi, izchilligi va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash” mavzusida amaliy-trening tashkil etildi.
Mazkur treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘qituvchilarning darsni samarali rejalashtirish, ta’lim jarayonini izchil tashkil etish hamda har bir bosqich uchun ajratilgan vaqtni oqilona taqsimlash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Treningda metodistlar tomonidan:
-zamonaviy darsning tuzilishi va uning asosiy bosqichlar, kirish, asosiy va yakuniy qismlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ta’minlash;
-o‘quvchilar faolligini oshiruvchi interfaol metodlardan foydalanish;
-dars davomida ortiqcha vaqt yo‘qotilishining oldini olish yo‘llari, ta’lim natijadorligini baholashning samarali usullari bo‘yicha nazariy tushunchalar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘un holda yoritib berildi.
Ishtirokchilar bunday seminar-treninglar pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.


