Bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida viloyat maktablarining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari, maktab direktorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va bo‘limlari xodimlari uchun «O‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Jarayonda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha koordinatori Abduqodir Karimberdiyev ishtirok etib, «O‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish va ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha takliflar» mavzusida taqdimot qildi. Bu borada shakllangan ilmiy-amaliy yondashuvlar, o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari tushuntirildi.
Seminarda o‘qituvchilarga metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun mashq daftarlari, maxsus onlayn platformadan foydalanish o‘rgatildi. O‘z o‘rnida ishtirokchilar ham Abduqodir Komilovichga savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar oldilar.


